Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Tabassumxon Isroilova o‘z saylov okrugidagi “Barkamol” MFYda bo‘ldi.
Deputat tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, shuningdek, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida xonadonlarni ta’mirlash va tartibga keltirish ishlari o‘rganildi.
Hududni yanada obod qilish, ko‘chalar va xonadonlar atrofini ozoda saqlash, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.