35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

📌 Viloyat Kengashi deputatining saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi – kotibiyat mudiri Xushnudbek Romanberganovich Sultonov hamda tuman Kengashi deputati S.Ahmedov 16-Tuproqqal’a saylov okrugidan Xorazm viloyati Kengashiga deputat Soburjon Matkarimovich Jumaniyazovning saylovchilar bilan uchrashuvida ishtirok etdilar.

🤝 Uchrashuv davomida deputat tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.