Новости

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasi soliq inspektori faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

#162_Qonun
#Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasi soliq inspektori faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi 474-I-sonli "Davlat soliq xizmati to‘g‘risida"gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, soliq qonunchiligi ijrosi, soliq to‘lovchilar bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlari, tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak hamda byudjet tushumlarini oshirishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.

Mahalladagi tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni qonuniy faoliyatga jalb etish va yangi soliq to‘lovchilar bazasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul xodimning axboroti tinglandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2