Новости

#Deputat_faoliyati (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) #24 ta yo‘nalish (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) #MahallaYettiligi (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) #Kattabog‘Mahallasi (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) #MahallabayIshlash (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) “Kattabog‘” mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati joyida tahlil qilindi

O‘rganish davomida, avvalo, hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, oilalarning daromad manbalarini ko‘paytirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kreditlar va davlat dasturlari orqali qo‘llab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati ham o‘rganilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda manzilli ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish holati yuzasidan hujjatlar va amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishning navbatdagi yo‘nalishi sifatida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi. Xususan, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, “Ayollar daftari” bilan ishlash, oilalarda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish davomida mavjud hujjatlar, murojaatlar bilan ishlash holati hamda amalga oshirilgan ishlar natijalari yuzasidan mas’ul xodimlarning axborotlari tinglanib, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Mahalliy Kengash deputatlari va “Mahalla yettiligi” o‘rtasidagi yaqin hamkorlik hududlarda aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, manzilli yechimlar ishlab chiqish hamda davlat dasturlarining ijrosini samarali tashkil etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2