⚡️ Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O'zLiDep partiyasidan 9-Gulzarobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Erxo'jayev nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B. Ortiqboyev Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi Afg'on MFY hududida joylashgan 26-sonli umumta'lim maktabida o‘rganish ishlari olib bordi.
O‘rganish jarayonida sport zallarining bugungi holati, mavjud sport anjomlari, ularning foydalanish darajasi hamda jihozlarning talabga javob berishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham tahlil qilindi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.