#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#Deputatlar_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov Ilg‘or mahallasida joylashgan 75-umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
Umumta'lim muassasasiga qo‘shimcha 240 o‘rinli o‘quv binosini qurish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori asosida amalga oshirilmoqda.
Mazkur tashrif davomida ta’lim muassasasida olib borilayotgan amaliy ishlarning borishi, qurilish sifatiga rioya etilishi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta’minlash masalalari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, maktab hududida o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish, ta’lim infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|