35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R.Ziyayev, viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva hamda shahar Kengashi deputati A.Appaqov ishtirokida Andijon shahar Obod MFYda mahalla “yettiligi” tomonidan 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.

Yig‘ilish davomida hududda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Mutasaddilar tomonidan mahalla tizimida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholining dolzarb muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda joylarda tizimli nazoratni kuchaytirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 4