Новости

Kengash_faoliyati

🏛 BANDIXONDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLARINI YAXSHILASH – DIQQAT MARKAZIDA

✅Bandixon tumanida yoshlarning zamonaviy sharoitlarda bilim olishi yo‘lidagi islohotlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori ijrosini ta’minlash, xususan, Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish maqsadida tumandagi "Quduqsoy" MFYda joylashgan 33-sonli umumta’lim maktabida keng ko‘lamli qurilish-rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

✅Bugun Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi Jo‘rayev Erkinjon Normuradovich mazkur ob’ektda bo‘lib, loyihaning borishi va sifat darajasini ko‘zdan kechirdi.

✅ Loyiha haqida qisqacha:

✅Umumiy qiymati: 3,3 milliard so‘m.

✅ quvvati: 240 o‘ringa mo‘ljallangan yangi, zamonaviy qo‘shimcha bino.

✅Maqsad: O‘quvchi o‘rinlari sonini ko‘paytirish va ta’lim jarayonini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish.

✅"Bizning asosiy vazifamiz – farzandlarimizga munosib sharoit yaratish. Har bir so‘m mablag‘ning manzilli sarflanishi va qurilish sifatining yuqori bo‘lishi qat’iy nazoratimizda," — deya ta’kidladi tuman Kengashi raisi.

✅Ayni damda qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Ushbu loyiha foydalanishga topshirilgach, "Quduqsoy" mahallasi yoshlari uchun barcha qulayliklarga ega, yorug‘ va shinam sinfxonalar o‘z eshiklarini ochadi.

✅Yangi maktab — yangi imkoniyatlar maskani!

Slide 1 of 6