Новости

Deputat so‘rovlari ijrosi – doimiy nazoratda

🔹Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashida tuman Kengashi deputatlari ishtirokida tuman elektr ta’minoti bo‘limi boshlig‘i H.Kenjayev bilan deputat so‘rovlari ijrosiga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹Yig‘ilish davomida qayd etilganidek, tuman Kengashiga kelib tushayotgan deputat so‘rovlarining aksariyat qismi elektr ta’minoti sohasiga to‘g‘ri kelmoqda. Shu munosabat bilan ushbu yo‘nalishdagi muammolarni tizimli hal etish, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida va sifatli javob qaytarish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🔹Muhokamalar yakunida har bir deputat so‘rovini alohida nazoratga olish, ularning ijrosini kechiktirmasdan va sifatli ta’minlash bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4