Новости

Deputat faoliyatidan

 Deputat faoliyatidan 

Qo‘shko‘pir tumanidagi 17-son oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan targ‘ibot
uchrashuvi o‘tkazildi. Unda partiya rahbariyati hamda Xalq
deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati
G. Abdullaeva ishtirok qilib, mamlakatda olib borilayotgan ekologik siyosat, islohotlar va aholi salomatligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 

Uchrashuvda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni oshirish va sog‘lom turmush tarzini keng
targ‘ib etish partiyaning ustuvor vazifalari ekani ta’kidlandi. Ishtirokchilar
ochiq muloqotda o‘z takliflarini bildirdilar.
 

Tabiatni asrash — har bir fuqaroning
siyosiy va fuqarolik burchidir.
  

Slide 1 of 1