Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
✅ Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📌 Yig‘ilishda “VI chaqiriq xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 2021-yil 12-noyabrdagi VI/XXXII-IV-sonli qarorini amaldagi sud hujjatlari va qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida”gi masala muhokama qilindi.
🔹 Muhokama davomida mazkur masala yuzasidan tegishli axborotlar tinglanib, amaldagi sud hujjatlari va qonunchilik talablari asosida masalani tartibga solish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
🔹 Yig‘ilish yakunida mazkur masalani Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun taqdim etish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.