Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Baxtiyorjon Mo‘ydinov Andijon shahridagi O‘zbekiston ko‘chasining ikkinchi qismida olib borilayotgan oqova tizimini ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida bajarilayotgan ishlarning sifati, mavjud holat hamda hududdagi obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.
Mas’ullar bilan suhbat davomida ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.