35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasida hamkorlik davom etmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining doimiy komissiyalari hamda biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur hamkorlik doirasida deputat X. Sulaymonova tomonidan Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyaning Pastdarg‘om tumani bo‘limi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Hamkorlik doirasida hududdagi zovurlarning holati, ularning texnik va meliorativ ahvoli hamda mavjud muammolar o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni belgilash, hududlarning meliorativ holatini yaxshilash va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 2