35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

“Deputat daftari”ga 8-sonli maktabdagi sport infratuzilmasi masalasi qayd etildi

2026-yil 12-avgust kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Mardonova tomonidan “Deputat daftari”ga Turon mahallasida olib borilgan o‘rganish natijalari qayd etildi.

O‘rganish davomida Turon mahallasida joylashgan 8-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Maktabda o‘quvchilar sonining ko‘pligi hamda yoshlarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga qiziqishi yuqori ekani inobatga olinib, mavjud sport jihozlari va anjomlarining holati o‘rganildi.

Slide 1 of 1