Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati D. Djumaboyeva tomonidan Do‘stlik mahallasida xotin-qizlar muammolari o‘rganildi.
Mahalladagi ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari, bandlik masalalari, oilaviy muhit va farzand tarbiyasiga oid muammolari muhokama qilindi.
Shuningdek, ularning tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilishi, kasb-hunar o‘rganishi va davlat dasturlari doirasida qo‘llab-quvvatlanishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Xotin-qizlar o‘zlarini qiynayotgan masalalarni deputatga bevosita yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi