Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norovlar tomonidan Istiqlol mahallasidagi 26-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
➡️Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PQ–300-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Loyihaning qiymati 5 milliard 700 million so‘m bo‘lib, foydalanishga topshirilgach, 90 nafar tarbiyalanuvchini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish imkoniyati yaratiladi.
➡️O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati va belgilangan muddatlarga rioya etilishi ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
➡️Mazkur loyiha mahallada bolalar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.