35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKKA JALB QILISH HOLATI OʻRGANILDI

 Oʻrganish davomida aholiga imtiyozli kreditlar ajratish, yangi tadbirkorlik loyihalarini ishga tushirish va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Hokim yordamchisi tashabbusi bilan “Firdavs Mansur” MCHJga 100 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratilib, umumiy ovqatlanish yoʻnalishidagi tadbirkorlik loyihasi ishga tushirilgani qayd etildi.

Mazkur loyiha mahallada yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.