Tashrif davomida poliklinikada bemorlarni qabul qilish jarayoni, tibbiy xizmatlar sifati, dori-darmon ta’minoti, sanitariya-gigiyena holati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tibbiyot xodimlari va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, sog‘liqni saqlash sohasiga oid amaldagi qonunchilik, fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqlari hamda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirilib, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish va aholiga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.
Fuqarolarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash, murojaatlarni joyida o‘rganish hamda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi