35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

“DOLZARB-40 KUN” DOIRASIDA YASHNOBOD TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI KUCHAYTIRILMOQDA

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “DOLZARB-40 KUN” DOIRASIDA YASHNOBOD TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI KUCHAYTIRILMOQDA

🏛 Bugun erta tongda Yashnobod tumani hokimi B. Rahmankulov boshchiligida “Bog‘bon” mahallasida tuman rahbarlari, tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari, mahalla raislari va faollari ishtirokida saf yig‘ilishi o‘tkazildi.

🔺 Mazkur yig‘ilishda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Davronbek Ravshanbekov ham ishtirok etib, hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratdi.

🇺🇿 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish, shuningdek, “Dolzarb-40 kun” doirasida e’lon qilingan “Obodonlik va mehr-saxovat” oyligi tadbirlarini tizimli va yuqori saviyada tashkil etish bilan bog‘liq ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

🌳 Bugungi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari “Bog‘bon” hamda “Go‘zal” mahallalarida tashkil etilishi belgilandi. Hududlarda sanitariya-tozalik holatini yaxshilash, ichki yo‘llar va jamoat joylarini tartibga keltirish, yashil hududlarni parvarishlash hamda mahallalarning umumiy obodonligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

🧹 Mas’ullarga mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, sanitariya holatini talab darajasida saqlash, mavjud kamchiliklarni tezkor aniqlab bartaraf etish, shuningdek, aholining osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur kuch va vositalarni safarbar etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

🔎 Shuningdek, har bir mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy nazorat qilib borish, aniqlangan muammolarni imkon qadar joyida hal etish, mas’ul tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish hamda aholi bilan yaqindan ishlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

🤝 “Dolzarb-40 kun” doirasidagi mazkur ishlar mahallalarni yanada obod va fayzli qilish, aholi uchun toza, xavfsiz va qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10