35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do‘squlova tomonidan Nurli Pangat mahallasi binosida xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy masalalar hamda ijtimoiy himoya bilan bog‘liq murojaat va takliflari tinglandi.

Deputat tomonidan har bir murojaat yuzasidan zarur huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari, yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida batafsil ma'lumot berilib, bildirilgan murojaatlarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish bo‘yicha mas'ullarga tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1