Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati A.Muhammadiyev tomonidan Navro‘z mahallasida sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Uchrashuv davomida aholi tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi. Deputat har bir murojaatni atroflicha o‘rganib chiqib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilot va mutasaddilarga vazifalar belgiladi.
Ta’kidlanganidek, aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Sayyor qabul yakunida murojaatlarni ijobiy hal etish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.