35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

HUDUDDA SUYULTIRILGAN GAZ TA'MINOTI MASALALARI YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati O.Umirov tomonidan saylov okrugi hududida aholini suyultirilgan gaz bilan ta'minlash masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Muloqot davomida fuqarolarga suyultirilgan gazni yetkazib berish tartibi, belgilangan navbat asosida taqsimlash mexanizmi, gaz ballonlaridan xavfsiz foydalanish qoidalari hamda ta'minot jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda suyultirilgan gaz ta'minotini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko'rilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 3