Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich o‘zi saylangan “Yangi makon” OFY 3-Mehrem saylov okrugi hududida “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan joyida tanishdi.
🌿 O‘rganish davomida kanallar atrofining tozalanishi, ichki ko‘chalar va asosiy yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, hududni yanada ozoda va fayzli qilishga qaratilgan tadbirlarning borishi ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, mahalla faollari va aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, hasharlarda faol ishtirok etish, yashash hududini obod saqlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish hamda mahallada o‘zaro hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
💬 Suhbatlar davomida obod mahalla, avvalo, fuqarolarning birdamligi, mas’uliyati va faol ishtiroki bilan bunyod etilishi alohida ta’kidlandi.