🗳 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining "Adolat" SDPdan saylangan 18-Bo‘ston saylov okrugi deputati Qalandarov Azamat Shermetovich Bo‘ston mahallasida saylovchilari bilan 2026-yilning 2-choragi yakunlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.
🤝 Uchrashuv davomida deputat tomonidan hisobot davrida saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Xususan, mahalla ichki yo‘llarini ta'mirlash, oqova suv bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish hamda elektr ta'minotini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot taqdim etildi.
💬Shuningdek, saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
👥 Uchrashuvda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ham ishtirok etdi.