35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati mudiri Shoanvar Shomaxmudov saylov okrugidagi “Olimlar” mahallasida bo‘lib, "Mahalla obodligi va mehr-saxovat" oyligi doirasida amalga oshirlayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahallada aholining farovon hayotini ta’minlash, ularning muammolarini manzilli hal etish va joylardagi dolzarb masalalarga tezkor yechim topishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish va bildirilgan murojaatlar asosida aholi manfaatlarini ta’minlash, hududdagi ijtimoiy-infratuzilma bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etish hamda odamlarni o‘ylantirayotgan masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar ishtirokida tizimli ishlar tashkil etildi.

Slide 1 of 7