35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish — barchamizning umumiy vazifamiz!

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish — barchamizning umumiy vazifamiz!

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyasi tomonidan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi o‘rganilmoqda.

O‘rganish jarayonida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholini xabardor qilish tizimi, mas’ul tashkilotlarning tayyorgarligi, zarur moddiy-texnik zaxiralar holati hamda xavfsizlik choralarining bajarilishi bo‘yicha tahlillar olib boriladi.

Doimiy komissiya yig'ilishida ishchi guruh tasdiqlanib, nazorat savollari ishlab chiqildi.

Aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini kamaytirish — doimiy e’tibordagi muhim yo‘nalishlardan biridir.