35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

#huquqiy_axborot_soati 🗣Ekologik nazorat – sog‘lom atrof-muhit va barqaror rivojlanishning muhim kafolati

💬Mazkur qonun bilan:

🟢ekologik nazoratning maqsadi, vazifalari va asosiy tamoyillari;
🟢ekologik nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, jamoat birlashmalari va fuqarolarning vakolatlari;
🟢ekologik nazoratning shakllari va yo‘nalishlari;
🟢atrof-muhit, yer, suv, o‘rmon, atmosfera havosi, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish ustidan nazorat mexanizmlari;
🟢ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi hamda qonunbuzarliklarning oldini olish choralari;
🟢ekologik nazorat natijalari bo‘yicha javobgarlik masalalari belgilab berilgan.

💬Tayyorlangan infografikada qonunning asosiy mazmuni sodda va tushunarli shaklda yoritilib, ekologik nazoratning jamiyat va davlat hayotidagi ahamiyati, nazorat subyektlari, ularning huquq va majburiyatlari hamda ekologik qonunchilikka rioya etishning muhim jihatlari aks ettirilgan.

💬Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish har bir fuqaroning mas’uliyatli munosabatini talab etadi. Ekologik nazorat esa tabiatga salbiy ta’sirlarning oldini olish, ekologik muvozanatni saqlash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda kelajak avlodlar uchun sog‘lom va musaffo atrof-muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

🫥Tabiatni asrash – umumiy burchimiz. Ekologik qonunchilikka rioya qilish orqali yurtimizning ekologik barqarorligi va yashil kelajagiga munosib hissa qo‘shaylik.