35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

#nazorat tadbiri #ta'lim

Olmaliq shahar Abdulla Qahhor mahalla hududida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb-90 kun” rejasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar va to‘garaklar faoliyati yaqindan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida:
Qizilgul Qosimova – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati;
Sevar Qodirova – Shahar Kengashi kotibiyati mudiri;
Muhriddin Begmatov – Kotibiyat bosh mutaxassisi ishtirok etdilar.

Asosiy e’tibor nimalarga qaratildi? Mas’ullar tomonidan maktabda o‘quvchilarning yozgi ta’tilni maroqli va mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda bolalarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Muhim jihat: Kasbga yo‘naltirilgan ta’limning asosiy maqsadi — yoshlarning kelajakdagi kasbini ongli ravishda tanlashiga ko‘maklashish, mehnat bozori talablariga mos keladigan malakali kadrlar tayyorlash va ularning bandligini ta’minlashdan iboratdir. Shu sababli maktablar o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib, ularni muayyan kasb hamda mutaxassisliklarga tayyorlovchi muhim maskan hisoblanadi.

Slide 1 of 7