Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 3-Usmonobod saylov okrugi deputati Eliboyev Nizom Ikromovich tomonidan hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish, infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2027-yilda tasdiqlanadigan hududiy dasturlarga quyidagi takliflarni berdi.
📌 Takliflar:
🏗 Oshiq ota MFY
🔹 Suv inshootini barpo etish;
🏫 109-sonli umumta’lim maktabi binosini joriy ta’mirlash;
🏢 Mahalla fuqarolar yig‘ini uchun yangi bino qurish.
⚡️ Qorasuv MFY
🔹 2 ta transformator o‘rnatish;
🔹 120 ta temir-beton elektr ustunini o‘rnatish;
🛣 Ichki yo‘llarning 2 kilometr qismini asfaltlashtirish.
⚡️ Qarshiobod MFY
🔹 2 ta transformator o‘rnatish;
🔹 210 ta temir-beton elektr ustunini o‘rnatish.
✅ Mazkur takliflarning amalga oshirilishi ichimlik suvi, ta’lim, elektr energiyasi va yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilaydi.