Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich o‘zi saylangan “Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugi hududida “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
👥 Tashrif davomida deputat ko‘chaboshilar bilan muloqot o‘tkazib, mahallani yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, aholi o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash hamda fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi.
🏘 Shuningdek, mahalla binosida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etilib, obodonlashtirish ishlarida har bir xonadonning faol ishtiroki, o‘zaro birdamlik va hamkorlikning ahamiyati yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.