Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasida kun tartibidagi navbatdagi masala — ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.
Mazkur masala yuzasidan ma’ruza qilish uchun tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Safarov Zafar Umrzoqovichga so‘z berildi.
Ma’ruzada uchastka saylov komissiyalari faoliyatining huquqiy asoslari, bo‘shab qolgan o‘rinlarni belgilangan tartibda to‘ldirish, saylov jarayonlarini qonunchilik talablari asosida tashkil etish hamda komissiyalar tarkibiga tavsiya etilayotgan nomzodlar haqida ma’lumot berildi.
Sessiya davomida deputatlar tomonidan masala yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tegishli qaror qabul qilindi.