35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

📌 Budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining tavsiyasiga ko‘ra, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishchi guruhi tomonidan Kengash qarori asosida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanish holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mablag‘larning Obodonlashtirish bo‘limi tomonidan belgilangan yo‘nalishlar asosida o‘zlashtirilishi, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati hamda ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Ishchi guruh tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, budjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha nazorat ishlari davom ettirilishi belgilandi.