Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Kazakov tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaat va takliflarini o‘rganish maqsadida Paxtachi mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan hududdagi ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish va boshqa masalalarga oid murojaatlar bildirildi.
Deputat tomonidan har bir murojaat atroflicha tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi hamda ayrim masalalarni yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar bildirildi.
Fuqarolar murojaatlari belgilangan tartibda nazoratga olinib, ularning ijrosi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
Deputat va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqot — muammolarga samarali yechim topishning muhim omili.