35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

“AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan aholini sil kasalligidan muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.

O‘rganishda sil kasalligining oldini olish, kasallikni erta aniqlash, tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish, profilaktik tadbirlarni tashkil etish bemorlarni davolash va dispanser nazoratiga olish holatlari o‘rganilmoqda.

Shuningdek, BCG vaksinatsiyasi va revaksinatsiyasi, tuberkulin yordamida tashxis qo‘yish ishlari, sil kasalligiga chalingan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy yordam, epidemiyaga qarshi tadbirlarning samaradorligi bo‘yicha tashkilotga tegishli savollar berildi.