35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan qaror loyihalari tahlil qilindi

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan qaror loyihalari tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi, ekspert guruhi raisi S. Nazarov hamda ekspert guruhi a’zolari ishtirokida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan qaror loyihalari atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama davomida qaror loyihalarining amaldagi qonunchilikka muvofiqligi, mazmun-mohiyati va ijro mexanizmlari tahlil etilib, ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha ekspert guruhi a’zolari tomonidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yakunida bildirilgan takliflar asosida qaror loyihalarini takomillashtirish hamda sessiyaga kiritish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4