35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

🤝 BIRIKTIRILGAN TASHKILOT BILAN DEPUTATLAR HAMKORLIGI

📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari Dosova Gulxumar Quranbayevna hamda Shodonova Dilorom Qadamovna, Shovot tumani Kengashi kotibiyati xodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich bilan birgalikda Shovot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida bo‘lib, biriktirilgan tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
📋 Uchrashuv davomida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, davlat dasturlari va hukumat qarorlarining ijrosi, ta’lim muassasalaridagi mavjud holat, infratuzilmani yaxshilash, o‘quvchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda tizimda uchrayotgan muammolar muhokama qilindi.
🤝 Shuningdek, deputatlar va mas’ullar tomonidan mavjud muammolarni hal etish, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
✅ Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari tomonidan biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish, ularning muammolarini aniqlash va amaliy yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2