35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Aholi muammosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etishga qaratilgan o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganish jarayonida “S.Xondayliqiy” mahallasi, Ziyokorlar ko‘chasi 23-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Mirvoxobov xonadonida ichimlik suvi bilan bog‘liq muammoni aniqlandi. Fuqaroning ta’kidlashicha, xonadonga ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, barcha texnik ishlar yakunlangan bo‘lsa-da, bir yildan buyon tarmoq orqali suv kelmayotgani sababli undan foydalanish imkoni bo‘lmagan.

Shu sababli oila a’zolari kundalik ehtiyojlari uchun ichimlik suvini boshqa hududdan tashib kelib iste’mol qilishga majbur bo‘layotgani bildirildi. Bu esa nafaqat qo‘shimcha vaqt va xarajat talab qilmoqda, balki aholi uchun jiddiy noqulayliklar ham tug‘dirmoqda.

Deputat murojaatni joyiga chiqqan holda o‘rganib, mavjud holat bilan bevosita tanishib, Deputat yon daftariga qayd etdi. Suv tarmog‘ining texnik holati, uning amalda ishlamayotgani hamda muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlash yuzasidan mas’ul tashkilot bilan muzokaralar olib borish belgilab olindi.

Slide 1 of 4