Новости

Последние новости

Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi va deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatning "Chorchinor" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari hamda hududda olib borgan o‘rganish ishlari davomida aholi tomonidan Saxovat ko‘chasida bolalar sport maydonchasi qurish masalasi ko‘tarildi.

O‘rganish jarayonida mazkur hududda bolalar va yoshlar uchun zamonaviy sport maydonchasi mavjud emasligi, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish uchun zarur sharoitlarni yaratish dolzarb masalalardan biri ekani qayd etildi.

Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Qo‘qon shahar hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari R.Musayev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida Chorchinor mahallasi Saxovat ko‘chasida bolalar sport maydonchasini barpo etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, mazkur loyihani amalga oshirish imkoniyatlari, muddatlari hamda rejalashtirilgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2