Новости

Последние новости

#qabul #nazorat

Bugun Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Qobil Xamdamov tomonidan fuqarolarning muammolarini o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida navbatdagi qabul o‘tkazildi.

📊Qabul natijalari:

🔹Jami kelib tushgan murojaatlar:17 ta;
🔹Joyida ijobiy hal etilganlar: 5 ta;
🔹Qo‘shimcha o‘rganishga olinganlar: 12 ta.

Aholidan asosan bandlik, uy-joy va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, moddiy yordam va kommunal masalalar kabi masalalarda ko‘mak so‘raldi.

Deputat va hokim sifatida Q.Xamdamov qo‘shimcha vaqt talab etadigan murojaatlarni shaxsan nazoratga oldi. Mas’ullarga muammolarni qisqa muddatda qonuniy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Slide 1 of 4