Новости

Последние новости

31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida ovqatlanish jarayoni o‘rganildi

31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida ovqatlanish jarayoni o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudoyqulova Nargiza G‘aybullayevna, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy shahar Kengashi raisi Jo‘rabek Hamroyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Muborak Astanova Navoiy shahridagi 31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ovqatlanish jarayonining tashkil etilishini o‘rgandilar.

Tashrif davomida muassasaning oshxona faoliyati, taom tayyorlash jarayoni, sanitariya-gigiyena talablari asosida ishlarning tashkil etilishi, oshxona jihozlarining holati hamda xodimlarning belgilangan talablarga rioya qilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bolalar uchun tayyorlanayotgan taomlarning sifati, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari va tarbiyalanuvchilarning sog‘lom ovqatlanishini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar salomatligini muhofaza qilish, ovqatlanish jarayonini sifatli tashkil etish, sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya etish hamda mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 5