Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi raisi A.Ahmedov tomonidan Tuproqqal’a tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida tibbiyot birlashmasining joriy faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda sohada mavjud muammolar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Shuningdek, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.