Новости

Последние новости

Vatanparvar mahallasida aniqlangan muammo qisqa muddatda bartaraf etildi

#Deputatlik_nazorati #muammoga_yechimlar

Vatanparvar mahallasida aniqlangan muammo qisqa muddatda bartaraf etildi

📆 Joriy yilning 15-iyul kuni Vatanparvar mahallasidagi BSK faoliyati deputatlar tomonidan tanqidiy o‘rganilgan edi. O‘rganish davomida mahalla ko‘chalariga maishiy chiqindilar tashlanayotganligi va o‘z vaqtida olinmayotganligi fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani aniqlandi.

📝 O‘rganish yakunida mas’ul tashkilotlarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda hududda sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berilgan edi.

📈 Ko‘rilgan choralar natijasida mahalla ko‘chasidagi chiqindi olib chiqildi, hudud tozalandi hamda sanitariya holati tartibga keltirildi.

🤝 Deputatlar tomonidan aholi murojaatlari va joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha nazorat ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2