Новости

🌱 Qonun ijrosi

🌱 Qonun ijrosi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Ernazarov tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonuni (№O‘RQ-680) ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda fermer xo‘jaliklari rahbarlari, soha mutasaddilari ishtirok etib, qonun talablarining amaldagi ijrosi, dehqon xo‘jaliklarining huquq majburiyatlari, yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash aholi bandligini kengaytirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Uchrashuv davomida dehqon xo‘jaliklariga yaratilayotgan huquqiy kafolatlar, davlat tomonidan berilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, yerdan unumli foydalanish, yuqori hosildorlikka erishish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 2