Новости

🔰Deputatlar va mahalla “yettiligi” fuqaro murojaatini joyida o‘rgandi.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati V.Isakov, doimiy komissiya raisi B.Toshpo‘latov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Yakubov va “Tinchlik” MFY masʼullari Sherobod ko‘chasi, 3/2-uyda yashovchi fuqaro O.Jo‘rayevning murojaatini joyida o‘rgandilar.

🔸Fuqaro bilan suhbat davomida u tomonidan hududda jinoyatchilikni oldini olish uchun kuzatuv kameralarini o‘rnatish hamda ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash bo‘yicha bildirilgan fikrlari eshitildi. 

🔸Murojaat yuzasidan fuqaroga huquqiy tushuntirish berilib, ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi maʼlum qilindi. Mazkur muammolarni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilandi.

Slide 1 of 3