Новости

Botir Zokirov MFYda obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.

 Deputat tomonidan qurilish-ta'mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda amaldagi qurilish me'yorlariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Shuningdek, mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot qilinib, hududni yanada obodonlashtirish, ichki infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi.

Hududlarni obodonlashtirish, piyodalar uchun xavfsiz va zamonaviy infratuzilmani yaratish hamda amalga oshirilayotgan ishlar sifatini deputatlik nazorati asosida monitoring qilib borish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Hozirda mahalladagi ko‘p qavatli uylar oldidagi piyodalar yo‘laklarini asfaltlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar aholining kundalik harakatlanishi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, hududning obodonligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2