Новости

Kengash qarori ijrosi ta’minlanmoqda. Mirzabuloq mahallasidagi 2-sonli sport maktab binosi.

Kengash qarori ijrosi ta’minlanmoqda. Mirzabuloq mahallasidagi 2-sonli sport maktab binosi.
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining VII-15-198-3-45-K/25-sonli “2026-yilda Gʻallaorol tumanida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish uchun taklif etilayotgan loyihalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi tumanda izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur qarorga muvofiq, tumanda ta’lim va ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirishga qaratilgan muhim loyihalar belgilangan bo‘lib, ular doirasida maktablar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’mirlash va qurish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ishlab chiqarish infratuzilmasini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Hozirda mazkur yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda. 

Slide 1 of 2