Suhbat chog‘ida deputat yosh avlod bilan Vatanga muhabbat, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashdi. O‘zbekistonning eng katta boyligi — yurtimizdagi tinchlik, xalqimizning hamjihatligi va farovon hayoti ekanini alohida ta’kidlab, yoshlarni bilim olishga, halol mehnat qilishga hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chorladi.