Новости

Deputat yangi maktab binosi qurilishi bilan tanishdi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 18–Yangi turmush saylov okrugidan saylangan deputat Sevara Yuldoshova tomonidan 23-sonli umumta'lim maktabida bunyod etilayotgan yangi o‘quv binosining qurilish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan atroflicha tanishildi. Ta'lim muassasasida zamonaviy va qulay o‘quv muhitini yaratish, qurilish ishlarini sifatli yakunlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov ham ishtirok etib, qurilish ishlari yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashdi hamda amalga oshirilayotgan ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi.

Slide 1 of 2