🔹"Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida Xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari tuzish tartibi belgilangan.
🔹Xalq deputatlari Kengashlarida, qoida tariqasida, quyidagi doimiy komissiyalar tuziladi:
🔹Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha;
🔹Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash va huquqiy masalalar boʻyicha;
🔹Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha;
🔹Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha;
🔹Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari boʻyicha.
🔹Xalq deputatlari Kengashida muvaqqat komissiyalar ham tuzilishi mumkin.
🔹Komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomlar tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.