Новости

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
#162_qonun

Xalq dardi bilan yashash – deputat faoliyatining bosh mezoni

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 20-"Obikor" saylov okrugidan saylangan deputati Xolmo'min Xasanovich Salomov hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi B.Qurbonov tomonidan okrug hududidagi fuqarolar murojaatlari va mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✅O‘rganishlar davomida xonadonlarga tashrif buyurilib, aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Fuqarolar tomonidan infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda ijtimoiy yordam masalalariga oid murojaatlar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

✅Shuningdek, mahalla faollari ishtirokida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 162 ta qonun va 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

✅O‘rganish natijasida:
✅ Tezkor hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda joyida bartaraf etildi.
✅ Qo‘shimcha vaqt va mablag‘ talab qiladigan muammolar bo‘yicha tegishli idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi hamda ijrosi shaxsiy nazoratga olindi.

✅"Bizga bildirilgan ishonchni oqlash, har bir fuqaroning dardu tashvishi bilan yashash – biz deputatlarning nafaqat xizmat, balki vijdoniy burchimizdir," — deydi deputat Xolmo'min Salomov.

✅Bandixon tumani Kengashi deputatlarining joylardagi bunday amaliy ishlari hudud rivoji, aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish va fuqarolar farovonligini ta'minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1